Zavodda xavf sodir bo'lgandan keyin emas, sodir bo'layotganda ko'rinadi

Mavjud kameralaringiz oqimini AI tahlil qiladi, xavfsizlik qoidalarining buzilishini aniqlaydi va operatorga dalil bilan taqdim etadi. Qarorni odam qabul qiladi — tizim faqat ko'rsatadi.

0
xavfsizlik talabi
0
qoida bugun ishlaydi
0
AI modeli kaskadda
0
o'tayotgan test
Muammo

Xavfsizlik qoidasi qog'ozda bor.
Sexda esa — hech kim ko'rmayapti.

Har bir zavodda yozilgan xavfsizlik tartibi bor: kaska, yo'lakcha, kran ostiga kirmaslik, tezlik cheklovi. Muammo qoidada emas — uning bajarilishini kuzatishda. Bitta xavfsizlik muhandisi bir vaqtda bitta joyda tura oladi, kamera esa o'nlab joyda turadi, lekin hech kim ularni 24 soat kuzatmaydi.

Yozuv bor, nazorat yo'q

Kameralar yozib turadi, lekin yozuv hodisadan keyin ko'riladi — jarohat allaqachon sodir bo'lgan bo'ladi.

Odam charchaydi

Monitor devoriga uzoq qarab turgan operator diqqati keskin tushadi. Bu — inson fiziologiyasi, intizom masalasi emas.

Dalil yo'q

Qoida buzilishi og'zaki aytiladi, lekin vaqti, kadri va qaysi qoida buzilgani hujjatlashtirilmaydi — nizo paytida isbot qolmaydi.

2 930 000

Har yili dunyoda mehnat bilan bog'liq sabablardan shuncha ishchi halok bo'ladi.

ILO (Xalqaro Mehnat Tashkiloti) · 2023 (ma'lumot bazasi 2019)
395 mln

Har yili ish joyida o'limga olib kelmaydigan jarohat oladiganlar soni.

ILO · 2023
200 000

Shundan ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo'jaligi va o'rmonchilikka to'g'ri keladi — barcha o'limli jarohatlarning 63 foizi.

ILO · 2023
×2,2

Mehnat xavfsizligiga sarflangan har 1 yevro korxonaga 2,2 yevro bo'lib qaytadi.

EU-OSHA · 2023
Yechim

Kamerangiz shundoq qoladi.
Uning ustiga ko'z qo'shiladi.

Tizim mavjud IP-kameralar oqimini oladi, har kadrda odam/texnikani topadi, ularni belgilangan zonalar bilan solishtiradi va qoida buzilganda hodisa yaratadi — surat, vaqt, qoida kodi va ishonch darajasi bilan. Yangi kamera sotib olish shart emas.

Mavjud kamera
RTSP

IP-kamera, NVR yoki fayl. Maxsus qurilma talab qilinmaydi.

Ochiq kodli model
ONNX

YOLOX-nano + PPE + olov modellari. Litsenziya toza, ichkarida ishlaydi.

Ma'lumot chiqmaydi
Lokal

Bulut yo'q, tashqi API yo'q. Video zavod tarmog'idan chiqmaydi.

Qaror
Odam

AI taklif qiladi, operator tasdiqlaydi. Avtomatik jarima yo'q.

Qanday ishlaydi

Kadrdan qarorgacha — besh qadam

Har bir qadam alohida modul. Biror qadam ishlamay qolsa, tizim jimgina bo'sh natija bermaydi — panelda qizil holatga o'tadi.

01
Kamera oqimi
RTSP yoki fayl. Kadr yo'qolsa panelda ochiq ko'rsatiladi.
02
Kaskad aniqlash
Uch model har xil tezlikda: odam/texnika, olov, PPE.
03
Qoida dvigateli
Zona, chiziq, vaqt va sinf bo'yicha buzilish tekshiriladi.
04
Operator qarori
AI faqat taklif qiladi. Tasdiq bo'lmasa hech narsa bo'lmaydi.
05
Dalil hujjati
Kadr, vaqt, qoida, operator ismi — chop etsa bo'ladigan varaq.

Yuqoridagi harakatlanuvchi nuqta — bitta kadrning yo'li. Sekundiga besh marta takrorlanadi.

Kaskad

Uch model, uch xil tezlik — chunki ular bir xil emas

PPE modeli asosiy modeldan ~20 barobar sekin (470 ms va 19–27 ms), fayli esa 28 barobar katta (99 MB va 3.5 MB). Agar uni ham har kadrda yugurtirsak, tizim to'xtab qoladi. Shuning uchun har model o'z qadamida ishlaydi va sekinlashuv sezilsa qadam avtomatik kattalashadi.

yolox_nanoodam · mashina · yuk · 3.5 MB
19–27 mshar kadr
olov / tutunfire_yolov8n · 12 MB
119 mshar 2-kadr
PPE (kaska, jilet)ppe_yolov8m · 99 MB
470 mshar 5-kadr
Eskirgan quti saqlanmaydi

Model o'tkazib yuborilgan kadrda eski natija qayta ishlatilmaydi. Aks holda panel yo'q bo'lgan odamni ko'rsatib turardi.

Yuk ostida qadam oshadi

PPE modeli yuk ostida 900–1400 ms ga chiqadi. Kaskad qadamni 5 → 25 shiftigacha siyraklashtiradi — 75 daqiqalik yugurishda o'lchangan xatti-harakat.

Jimgina xato bo'lmaydi

Biror model ishlamay qolsa tizim buni panelda darhol qizil qilib ko'rsatadi. «Buzilish yo'q» degan yolg'on tinchlik bo'lishi mumkin emas.

Qamrov

74 ta xavfsizlik talabi — bitta tizimda

Talablar to'rt darajaga ajratilgan va har biri o'z bosqichida ishga tushadi. Birinchi kundanoq 36 tasi ishlaydi; qolganlari korxonangiz kadrlari bilan model o'qitilgach qo'shiladi. Ya'ni tizim siz bilan birga o'sadi.

A — zona va geometriya · 12 ta, birinchi kundan B — tayyor modellar · 18 ta, 10 tasi yoqilgan C — korxona dataseti bilan · 35 ta D — maxsus kamera bilan · 9 ta
Yoqilgan qoidalar
0

74 tadan 29 tasi hozir faol holatda ishlayapti — qolganlari bosqichma-bosqich qo'shiladi.

Qoida dvigatellari
0

zona_kirish, chiziq_kesish, yo'lakcha, post, to'xtash, yuk ostida, PPE, olov, tezlik, yugurish.

Zonalar
0

Taqiqlangan hudud, yo'lakcha, kran ostidagi zona, nazorat chizig'i, maska va ruxsat etilgan hudud.

Kengaytirish zaxirasi
0

Yana 38 ta talab tayyor turibdi — korxona kadrlari bilan model o'qitilgach ular ham ishga tushadi.

KategoriyaTalabNima kerak
Perimetr va hudud5Birinchi kundan ishlaydi
Harakat va yo'lakcha4Birinchi kundan ishlaydi
Yong'in xavfsizligi2Model tayyor, chegara sozlangan
Himoya vositalari (PPE)18Model tayyor — kamera yaqin joylashtiriladi
Transport va pogruzchik12Zona ishlaydi, tezlik kalibrlanadi
Xulq-atvor6Yugurish ishlaydi, qolgani 2-bosqichda
Kirish nazorati5Yuz va badge moduli — 3-bosqich
Maxsus kiyim (uniforma)22Korxona kiyimi bilan o'qitiladi
Nimani kuzatadi

Sakkiz sahna — va har biriga aniq javob

Har bir sahna yonida — shu joyga tegishli qoidalar va ularning bugungi holati. «Ishlaydi» deb faqat ishlaydiganini yozganmiz: bizning raqamlarimizga ishonch shundan boshlanadi.

Himoya vositalari National Guard of the United States (rawpixel orqali) · CC0…
18 talab · R05, R23, R27, R33 …

Himoya vositalari

Kaska, jilet, ko'zoynak, qo'lqop. Model tayyor va ishlaydi — kamera odamni kamida 200 piksel balandlikda ko'radigan joyga qo'yiladi.

Model tayyor · yaqin kamera bilan
Pogruzchik va transport U.S. Department of Agriculture (USDA) · CC0 1.0 (jamoat mul…
12 talab · R06, R17, R30, R32 …

Pogruzchik va transport

Yuk mashinasi va pogruzchik harakati, majburiy to'xtash zonasi, tezlik cheklovi. Tezlik o'lchash usuli tasdiqlangan.

Zona ishlaydi · tezlik kalibrlanadi
Perimetr va taqiqlangan hudud Glen · CC BY 2.0
5 talab · R04, R09, R10

Perimetr va taqiqlangan hudud

Panjara chizig'ini kesib o'tish, cheklangan hududga kirish. Faqat geometriya kerak — qo'shimcha dataset talab qilinmaydi.

Bugun ishlaydi
Olov va tutun Pink Floyd Fan 101 · CC BY 4.0
2 talab · R14, R49

Olov va tutun

Ochiq olov va tutun. Chegara haqiqiy CCTV kadrlarida o'lchangan: olovda 0.73–0.79, olovsizda 0.43.

Ishlaydi · chegara sozlangan
Piyodalar yo'lakchasi Gordon Lambert (geograph.org.uk) · CC BY-SA 2.0
4 talab · R02, R28

Piyodalar yo'lakchasi

Belgilangan yo'lakdan tashqarida yurish. Yo'lak poligoni kamerada bir marta chiziladi, keyin avtomatik tekshiriladi.

Bugun ishlaydi
Osilgan yuk ostidagi zona Asurnipal · CC BY-SA 4.0
R18 va kran qoidalari

Osilgan yuk ostidagi zona

Kran ostidagi xavfli zonada odam turishi. Zona geometriyasi bilan ishlaydi, qo'shimcha model kerak emas.

Bugun ishlaydi
Issiq ish Noma'lum muallif (rawpixel CC0 to'plami) · CC0 1.0 (jamoat…
uniforma va PPE qoidalari

Issiq ish

Payvandlash va uchqunli ishlar — maxsus kiyim va niqob talab qilinadi. Bu 22 ta uniforma talabining bir qismi.

Korxona dataseti bilan
Yig'uv konveyeri Marek Ślusarczyk (Tupungato) · CC BY 3.0
harakat va xulq-atvor qoidalari

Yig'uv konveyeri

Yugurish, post tashlab ketish, ruxsatsiz zonaga o'tish. Yugurish dvigateli o'zini kalibrlaydi — kamera sozlash umuman kerak emas.

Dvigatel tayyor · kamerada sozlanadi
Dalil

Bu kadrlarni tizimning o'zi tushirgan

Quyidagilar chizilgan maket ham, stok rasm ham emas. Bular ishlab turgan tizim aniqlash paytida o'zi saqlagan suratlar — har biri bazadagi hodisa yozuvi, vaqti va ishonch darajasi bilan birga.

Bitta kadrda butun mantiq UMUMIY
Bitta kadrda butun mantiq
Qizil — taqiqlangan hudud (R04/R09), yashil — ruxsat etilgan piyodalar yo'lagi (R02/R28), ko'k chiziq — nazorat chegarasi (R10). Oq nuqtalar — 108 ta kuzatilgan harakat izi.
Yo'lakdan tashqarida yurish R02 · 0.875
Yo'lakdan tashqarida yurish
Maysazorda ketayotgan odam sariq quti ichida. «person R02» yorlig'i — tizim aynan shu qutini vaqti va ishonchi bilan bazaga yozgan.
Nazorat chizig'ini kesib o'tish R10 · 0.838
Nazorat chizig'ini kesib o'tish
Meta ma'lumotda kesish geometriyasi to'liq saqlanadi: qaysi tomondan qaysi tomonga, qaysi nuqtada. Bu — nizo paytidagi dalil.
Xuddi shu qoida, yirikroq obyekt R10 · 0.823
Xuddi shu qoida, yirikroq obyekt
Chiziqni kesayotgan odam old planda. Kamera qanchalik yaqin bo'lsa, quti shunchalik yirik va ishonch shunchalik barqaror.
Taqiqlangan hududga kirish R04 · 0.857
Taqiqlangan hududga kirish
Zona poligoni kamerada bir marta chiziladi, keyin har kadrda avtomatik tekshiriladi. Qo'shimcha model yoki dataset kerak emas.
Ochiq olov — jiddiylik: KRITIK R14 · 0.773
Ochiq olov — jiddiylik: KRITIK
Haqiqiy CCTV yozuvida alanga qizil quti bilan belgilangan. Olov modeli alohida ishlaydi va har 2-kadrda tekshiradi — chunki kechikish qimmat.
Boshqa sahna, o'sha model R14 · 0.749
Boshqa sahna, o'sha model
Boshqa bino, boshqa burchak, boshqa idish — model bitta manzaraga moslashib qolmagan, olovni sharoitdan qat'i nazar taniydi.
Old plandagi aniq aniqlash R02 · 0.865
Old plandagi aniq aniqlash
To'plamdagi eng yirik quti — old planda, yo'lakdan tashqarida turgan odam. Kadr yaqin bo'lsa aniqlik shunchalik oshadi.
Tahlil: harakat zichligi ANALITIKA
Tahlil: harakat zichligi
Tizim faqat hodisa yozmaydi. Qizil qatlam — odamlar eng ko'p yurgan yo'llar. U xavfli zona bilan kesishsa, muammo odamda emas — yo'lak joylashuvida ekani ko'rinadi.

Kadrlar sinov kamerasidan (768x576) olingan va tizim ishlash paytida avtomatik saqlagan. Zavod kamerangizda kadr sifati yuqoriroq bo'ladi.

Operator paneli

Bir ekranda: nima bo'ldi, qayerda, kim javobgar

Panel operator uchun qurilgan — bir smenada yuzlab hodisani ko'radigan odam uchun. Shuning uchun klaviatura bilan boshqariladi, to'q va oq mavzuda ishlaydi, har bir rang kontrast bo'yicha tekshirilgan.

Bosh sahifa — to'q mavzu
Bosh sahifa
Ko'rilmagan hodisalar, bugungi oqim, jiddiylik taqsimoti va jonli hodisalar jadvali.
Hodisalar — to'q mavzu
Hodisalar
Har bir hodisa: surat, vaqt, qoida, kamera/zona, ishonch va operator holati.
Qoidalar — to'q mavzu
Qoidalar
74 talab ro'yxati: daraja, dvigatel, jiddiylik, ishonch chegarasi, jarima maydoni.
Kameralar — to'q mavzu
Kameralar
Kamera holati serverda qayta hisoblanadi: o'chirilgan, eskirgan, oflayn.
Bosh sahifa — oq mavzu
Bosh sahifa
Rahbariyat uchun oq mavzu. Ikkala mavzuda ham ranglar kontrast bo'yicha tekshirilgan.
Hisobotlar — to'q mavzu
Hisobotlar
Excel eksport: hodisalar, jarimalar va davr statistikasi. Har bir eksport audit jurnaliga yoziladi.
Qaror

AI ayblamaydi. AI ko'rsatadi.

Bu tizimning eng muhim me'moriy qarori: hech qanday jarima avtomatik yozilmaydi. AI faqat taklif qiladi va dalilni ko'rsatadi — qarorni xavfsizlik xodimi qabul qiladi. Bu ishchini ham, korxonani ham himoya qiladi.

Tizim qiladi
  • Kadrni tahlil qiladi va obyektni topadi
  • Zonaga tushdimi — geometrik hisoblaydi
  • Hodisa yaratadi: surat, vaqt, qoida, ishonch
  • Qaysi model chiqarganini meta ga yozadi
  • Operator navbatiga qo'yadi
Odam qiladi
  • Kadrni ko'radi va tasdiqlaydi yoki rad etadi
  • Xodimni biriktiradi
  • Jarima miqdorini korxona ichki tartibidan kiritadi
  • Izoh yozadi
  • Har qadami audit jurnaliga ismi bilan tushadi
Dastur pul miqdorini O'ZI o'ylab topmaydi

Qoidaning standart jarima qiymati — 0. Miqdorni faqat administrator kiritadi, chunki uning manbasi korxonaning ichki hujjati; dasturda bunday ma'lumot yo'q va taxmin qilish noto'g'ri raqamni rasmiylashtirib qo'yardi.

O'lchov

Har bir yaxshilanish o'lchangan

Tizim shunchaki yozilgan emas — u o'lchab optimallashtirilgan. Quyidagi natijalarning har biri kod o'zgarishidan oldin va keyin o'lchandi. «Yaxshilandi» degan so'z bizga yetarli emas.

Nima optimallashtirildiOldinKeyin
Klip yozuvi tahlil tsiklini kutdirardi 5 795 ms 179 ms
Kutish hodisalari soni 12 0
4 kamerada kadr yo'qotish 11 % 0 / 1800 kadr
Bitta van car + truck bo'lib ikki marta sanalardi 200 / 200 kadr 0
Maysazordagi metall ustun person deb yozilardi 44 soxta hodisa 0
To'xtashda klip yaxlitligi 2 0
Olov chegarasi
0.55

Haqiqiy olovda 0.73–0.79, olovsiz kadrda 0.43 o'lchandi. Chegara ikkisining orasidan tanlandi.

6 ta haqiqiy CCTV kadrida o'lchandi
Video kodek tanlovi
vp09

Tezroq kodek ham bor edi, lekin uning klipini brauzer ochmaydi. Operator ko'ra oladigan format tanlandi — dalil ko'rilishi uchun bor.

331.7 vs 3.1 ms/kadr — o'lchandi
Klip yozuvchilar shifti
25

Bir vaqtda ochiladigan klip yozuvchilar soni cheklangan: shiftsiz holatda RAM 54 → 335 MB ga ko'tarilardi. Endi tizim smena almashuvida ham barqaror.

RSS o'lchovi
Natija

Korxona nimani qo'lga kiritadi

Tizim jarima yozadigan mashina emas. U xavfsizlik bo'limiga ko'z, xotira va dalil beradi — ilgari yo'q bo'lgan uchta narsa.

01 · Uzluksiz

Tun ham, dam olish kuni ham

Smena almashadi, odam charchaydi, e'tibor tushadi — tizim uchun farqi yo'q. U har kadrni bir xil diqqat bilan ko'radi va hech qachon boshqa tomonga qaramaydi.

02 · Dalil

Og'zaki gap emas — hujjat

Har bir hodisada kadr, aniq vaqt, qoida kodi, kamera, zona va ishonch darajasi saqlanadi. Nizo chiqsa chop etsa bo'ladigan dalil varag'i bir bosishda tayyor.

03 · Manzil

Muammo qayerda ekani ko'rinadi

Panel eng ko'p buziladigan qoidani, eng ko'p takrorlanadigan uchastkani va harakat zichligi xaritasini ko'rsatadi. Ba'zan javob odamda emas, yo'lak joylashuvida bo'ladi.

04 · Mas'uliyat

Har qaror ism bilan yoziladi

Operator kimni tasdiqladi, qachon, qanday izoh bilan — hammasi audit jurnalida. Tizim ham nazorat ostida bo'ladi, bu esa uni ishonchli qiladi.

Ma'lumot korxonadan chiqmaydi Ochiq kodli modellar Mavjud kameralar bilan Bosqichma-bosqich kengayadi
Joriy etish

Uch qadamda ishga tushadi

Butun zavodni bir kunda qamrash shart emas. Bir kameradan boshlanadi, natija ko'ringach kengayadi — har qadamda o'lchanadigan foyda bilan.

1-qadam

Bitta uchastka

Eng xavfli joy tanlanadi — KPP, kran ostidagi maydon yoki perimetr. Zonalar kamerada bir marta chiziladi va perimetr qoidalari o'sha kuniyoq ishlay boshlaydi.

Qo'shimcha dataset talab qilinmaydi
2-qadam

Kamera va server

PPE nazorati kerak joylarga kamera yaqinroq qo'yiladi — sex kirishi, payvandlash uchastkasi, KPP. Server quvvati kamera soniga qarab tanlanadi.

Mavjud IP-kameralar ishlatiladi
3-qadam

Korxona dataseti

Sizning uniformangiz va sexingiz kadrlari bilan model o'qitiladi. Shundan keyin qolgan 38 talab ham ishga tushadi — tizim korxonangizni «tanib» oladi.

Model korxona ichida o'qitiladi
Har bir raqam o'lchangan

Bu taqdimotdagi model tezliklari, chegaralar va natijalar shu mashinada o'lchab olingan va manba fayllariga solishtirib tekshirilgan. Taxminiy raqam kiritilmagan — sizning kameralaringizdagi ko'rsatkichlar ham xuddi shunday o'lchanadi.

Kuzatuv — jazolash uchun emas,
qaytmasligi uchun

Tizimning maqsadi jarima yozish emas. Maqsad — xavfli odat takrorlanayotganini raqam bilan ko'rsatish va uni to'xtatish. Shuning uchun panelda eng ko'p buziladigan qoida va eng ko'p takrorlaydigan uchastka ko'rinadi.

74 xavfsizlik talabi 36 tasi birinchi kundan Mavjud kameralar bilan Ma'lumot korxonadan chiqmaydi

Bir kameradan boshlaymiz — natija ko'ringach kengaytiramiz.